Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonda 50 kVt quvvatga ega birinchi tezkor stansiya ish boshladi. U yerda 24 kVt akkumulyatorni 30–80 foiz zaryadlash uchun 15 daqiqa sarflanadi, bu esa oddiy stansiyalardagidan 48 barobarga tezroqdir, deb xabar beradi 1News.

Foto: 1News

Foto: 1News

Compass AZS + expressmarket kompleksining yangi avtoquvvatlash stansiyasi unda ABB kompaniyasining Terra 53 modelidagi tezkor zaryadlash stansiyasi tizimlari o‘rnatilgani bilan farqlanadi.

Stansiya rasman 5-iyul kuni ishga tushirildi. Unda davlat strukturalari vakillari, Compass AZS + expressmarket komplekslari tarmog‘i rahbari hamda ABB kompaniyasi vakili ishtirok etdi.

Ayni paytda Qozog‘istonda 200 dan ortiq elektromobil mavjud. Ular hozircha asosan bitta shahar hududida harakatlanishga mo‘ljallangan, ammo tezkor quvvatlash stansiyalari tarmog‘ining rivojlanishi yaqin kelajakda shaharlararo safarlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)