Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on unga Gamburgdagi G20 sammitida germaniyalik turklar oldida chiqish qilishni taqiqlagan Germaniya hukumatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda u Zeit haftalik nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Germaniya o‘z joniga qasd qilmoqda”, — dedi u.
“GFR bu xatoni tuzatishi lozim”, — qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Iyun oyining oxirida Germaniya hukumati Erdo‘g‘onning mahalliy turk jamoasi oldida chiqish qilishi borasida so‘rov oldi. Ammo 29-iyun kuni mazkur so‘rov rad etildi. 30-iyun kuni esa rasmiy Berlin barcha chet ellik siyosatchilarga Germaniya hududida saylovolda tashviqotini o‘tkazishni taqiqladi.
Izoh (0)