Bug‘doy maydonida Putinning portretini yaratgan italiyalik rassom Dario Gambarin “TASS” bilan suhbat chog‘ida har bir rasm ustida ishlash jarayonida 2 kilogrammdan vazn yo‘qotishini aytib o‘tdi.
“Bu yerda xato qilish mumkin emas. Bu matoni kesishday gap. Aftidan, menda makon hissiyoti yaxshi rivojlangan, men faqat xayolotimga tayanaman. Ammo bu shunday konsentratsiyani talab qiladiki, men 2 kilogramm vazn yo‘qotaman”, — dedi u.
San’atkorning so‘zlariga qaraganda, u ulkan surat yaratishga bir yarim kun sarflaydi.
Gambarin landshaft san’atini namunalarini otasining yerlarida yaratadi. U o‘zining ijodiy uslubini “abstrakt ekspressionizm” deb ataydi.
Izoh (0)