AQSh davlat kotibi Reks Tillerson BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv chog‘ida Suriya prezidenti Bashar Asadning taqdiri Rossiyaga bog‘liqligini aytib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Siyosatshunoslarning ta’kidlashicha, bu bilan Tillerson Suriya ixtilofini hal qilishda birinchi o‘rinni Rossiyaga bergan va shu bilan Vashingtonning rasmiy pozitsiyasini ifodalagan.
Bundan tashqari, aytilishicha, Oq Uy o‘zining Suriyadagi asosiy vazifasi sifatida terrorchilik tahdidini yo‘q qilishni ko‘rmoqda.
Izoh (0)