AQShning Nyu-Jersi shtati gubernatori Kris Kristi bor plyajda oilaviy hordiq chiqargani va shu maqsadda plyajni boshqalar uchun yoptirgani bois keskin tanqidga uchradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Internetda gubernatorning plyajda tushgan suratlari paydo bo‘lganidan so‘ng matbuot shtat rahbarini nishonga oldi.
Kristi boshida o‘z aybini inkor qildi. Keyinchalik, suratlar oshkor bo‘lgach, uning vakili Brayan Myurrey voqeani tasdiqladi.
Myurreyning so‘zlariga qaraganda, Kristi plyajda ko‘p vaqt bo‘lmagan. Ammo bu jurnalistlar uchun yetarli asos bo‘lmadi.
O‘sha kuni plyajga kirmoqchi bo‘lgan boshqa odamlar politsiya tomonidan kiritilmagan.
Izoh (0)