Turkiya o‘z aviatashuvchi kreyserini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda ishlab chiqarilgan “Xinalioda” korvetini suvga tushirish marosimida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Turkiya 2023-yilga kelib harbiy sanoatda chet el kompaniyalaridan mustaqillikka erishadi. Biz o‘z aviatashuvchimizni quramiz. Biz kemasozlik bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanishimiz shart, aviatashuvchi esa biz uchun uzoq orzu emas”, — dedi davlat rahbari.
“Xinalioda” harbiy kemasi MILGEM (Milli Gemi — “Milliy kema”) loyihasi doirasida qurilgan. Loyiha 1996-yili boshlangan, ammo moliyaviy imkoniyatlar yetmagani bois uzoq muddatga qoldirilgan edi.
Izoh (0)