Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonlari mamlakatning janubiy viloyatlarida to‘rt kunga jangovar harakatlarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
SANA agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilishicha, bu chora milliy yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tahlilchilar ushbu qarorni Qozog‘iston poytaxti Ostonada boshlanadigan muzokaralar bilan bog‘lamoqda.
Izoh (0)