Ioxim Lyov ustozlik qilayotgan Germaniya milliy terma jamoasi 2014-yil dunyoda eng kuchli ekanini barchaga isbotlab bergandi.
Oradan 3 yil o‘tib, nemislar Konfederatsiyalar kubogida ham zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Bosh murabbiy Rossiyadagi musobaqaga asosan zaxira futbolchilari bilan kelganiga qaramay, yakunda ular shu holatda ham qolganlardan kuchliroq ekanini isbotlay oldi.
Izoh (0)