Insider Pro nashri iPhone gadjetlarining qaysi biri investorlarga ko‘proq foyda keltirganini aniqladi.
Aytilishicha, mazkur brend smartfonlarini tanlashda iste’molchilarning ham, investorlarning ham fikri bir joydan chiqadi — iPhone 4s. 2011-yil oktabrida chiqarilgan mazkur uskuna eng yaxshi modellardan biri bo‘ldi.
Birinchidan, unda antenna bilan bog‘liq muammo tuzatildi. Ikkinchidan, u Apple aksiyalarining narxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. iPhone 4s chiqishi arafasida kompaniya aksiyalari olti oy ichida 28 foizga qimmatlashdi. Telefon chiqqan kuni aksilar 3 foiz narx tashladi, ammo keyingi olti oyda yana 36 foizga ko‘tarildi. Yillik daromad darajasi 69 foizni tashkil qildi.
Ammo bu reytingdagi ikkinchi natijadir.
Investorlar uchun eng yaxshi natijalar birinchi iPhone chiqqanida qayd qilingan. Smartfon chiqarilganidan keyingi bir yil davomida kompaniya aksiyalari rekord darajada — 119 foizga ko‘tarildi.
Eng yomon natija esa beshinchi iPhone bilan bog‘liq. O‘shanda kompaniya aksiyalari narxi yarim yil ichida 43 foizga, bir yil ichida 36 foizga tushib ketgan edi.
Reyting quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Izoh (0)