Hindiston rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, Xitoy tomonidan Hindistonning Sikkim shtati yaqinida yo‘l qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi erishilgan status-kvoning buzilishidir. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hindiston Xitoyning yaqindagi xatti-harakatlaridan chuqur xavotirda va Xitoy hukumatiga bunday qurilish Hindiston xavfsizligi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan status-kvoning buzilishi ekanlagini yetkazdi”, — deyiladi Hindiston TIV bayonotida.
Ilgariroq XXR tomoni Hindistonni Sikkim shtati, Butan va Tibet muxtor tumani orasidagi bahsli hududlarga askar kiritishda ayblagan edi. Bu askarlar ushbu hududda davom etayotgan qurilish ishlarini to‘xtatish uchun kiritilgan edi. Xitoy Hindistondan muloqotni qaytadan boshlash uchun zudlik bilan harbiy kuchlarni mintaqadan olib chiqib ketishni talab qilmoqda.
Izoh (0)