Ramazon hayiti kuni Jizzax shahrida “Xo‘ja Nuriddinhoji” jome masjidining yangi binosi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ma’rifat maskani jizzaxliklarga munosib bayram tuhfasi bo‘ldi, deyiladi xabarnomada.
Yangi masjidning ochilish tantanasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov ishtirok etib, shahar ahlini Ramazon bayrami bilan tabrikladi va shunday shinam masjidga yetishgani bilan qutladi.
Moviy gumbazli “Xo‘ja Nuriddinhoji” masjidi xursandchilik kayfiyatiga burkangan namozxonlarga to‘ldi.
Izoh (0)