Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sigirlarni himoya qilish uchun odamlarning o‘ldirilishi Hindiston asoschisi Maxatma Gandi ilgari surgan prinsiplarga zid kelishini eslatib o‘tdi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari bir guruh hind erkaklar musulmon o‘smirni vahshiylarcha o‘ldirgan edi. Hujum qilganlar uni mol go‘shti olib ketyapti deb o‘ylab, o‘smirni muqaddas jonivorni o‘ldirishda ayblagan edi.
Hindistonning bir qancha shtatlarida sigirlarni o‘ldirish taqiqlangan. 2014-yili hokimiyat tepasiga “Bxarata Janata parti” millatchi partiyasining kelishi bilan sigir go‘shtini iste’mol qiluvchi musulmonlarga va eng quyi toifa vakillari bo‘lmish dalitlarga ko‘plab hujumlar uyushtirildi.
Izoh (0)