28-iyun kuni MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov tojikistonlik hamkasbi militsiya general-leytenanti Ramazon Rahimzoda bilan uchrashdi. Bu haqda Tojikiston IIV ma’lumot berdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorchilik, ekstremizm, noqonuniy narkotik savdosiga qarshi birgalikda kurashish hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)