Yevropaning turli mamlakatlarida joylashgan kompaniyalar o‘z kompyuter tarmoqlariga kiberhujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi. Ular orasida Buyuk Britaniyaning WPP reklama firmasi ham bor, deb xabar beradi Meduza.
Bundan tashqari, Gollandiyaning APM transport kompaniyasi kompyuterlariga virus o‘rnashib olib, pul talab qilayotganini xabar qildi. Ushbu kompyuterlar ekranlari tushirilgan tasvirlar asosida hujumlar ilgariroq Ukrainada boshlangan hujumlarga o‘xshashligi qayd qilinmoqda.
Hujumga uchragan kompaniyalarning ayrimlari Fransiya, Ispaniya va Hindistonda joylashgan.
Izoh (0)