“Al-Qoida” terrorchi guruhi olti yil muqaddam olib qochib ketilgan shvetsiyalik Yoxan Gustafssonni ozod qildi. Bu haqda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri tegishli bayonotda ma’lum qildi.
“Katta quvonch bilan Yoxan Gustafsson ozodlikka chiqqanini ma’lum qilishim mumkin”, — dedi qirollik tashqi ishlar vaziri Margot Valstryom BBC’ga bergan intervyusida.
Erkak ikki nafar JAR fuqarosi bilan birga 2011-yili Malida “Islom Mag‘ribi al-Qoidasi” guruhi jangarilarining qo‘liga tushib qolgan edi. Janubiy afrikalik tutqunlardan biri 2015-yili Fransiya qo‘shinlari tomonidan mamlakat shimolida tasodifan topilgan edi.
Izoh (0)