Toshkent shahrining Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi ayol o‘z xonadonida fohishaxona tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB sayti xabar berdi.
“22-iyun kuni taxminan soat 19:00 larda o‘tkazilgan ‘Oriyat’ tadbiri davomida Ismatullayeva Venera Rafikovna Bektemir tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 20000 so‘m pul evaziga fuqaro ‘S’ va ‘G’larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)