Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Qatar va unga qarshi o‘z talablarini ilgari surgan to‘rt arab mamlakatini murosaga kelish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishi zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Reks Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, AQSh uning ittifoqchilari va hamkorlari “bir maqsad, aynan — terrorizmni yo‘q qilish va ekstremizmga qarshi kurash yo‘lida birgalikda harakat qilsagina kuchli bo‘lishiga ishonadi”.

Tillersonning alohida qayd etishicha, Qatarga nisbatan og‘zaki bosimning pasayishi ham nizoli holatni bartaraf etishga bir qadar yordam bergan bo‘lardi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington nizolashayotgan arab mamlakatlarining har biri bilan aloqani saqlashda davom etadi.

Ayni vaqtda, Reks Tillersonning bayonotida Qatar uning oldiga qo‘yilgan talablarni e’tibor bilan o‘rganib chiqishga kirishgani ma’lum qilingan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar bilan bog‘liq vaziyat tufayli arab mamlakatlarini yarashtirish maqsadida sammit chaqirish niyatida ekani haqida xabar berilgan edi.

Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA nizoli vaziyatni tugatish maqsadida 13 talabdan iborat hujjatni Qatarga yo‘llagan. Kuvayt mazkur jarayonda vositachi sifatida qatnashmoqda. Qatar rahbariyati to‘rt arab mamlakati tomonidan qo‘yilgan talablarni “noreal” deb atadi.

Arab mamlakatlari o‘rtasidagi diplomatik nizo 5-iyun tongida boshlangan. Qatar bilan diplomatik aloqalarni birinchi bo‘lib Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr va BAA uzgan edi. Ular Qatarni terrorizm va terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi