Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tegishli qaror Prezident tomonidan 23-iyun kuni imzolandi.
Bu mansabni ilgari Inom Majidov egallab turgan edi — endilikda u oliy va o‘rta ta’lim vaziri lavozimida ishlamoqda.
Nabiyev Dilmurod iqtisodiyot fanlari doktori va professor unvonlariga ega.
Izoh (0)