Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiton Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning Lashkargoh shahrida yuz bergan portlash munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘aniga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti

Muhammad Ashraf G‘ani Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari,

Afg‘onistondagi Hillmand viloyatining Lashkargoh shahridagi portlash oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.

O‘zbekiston ushbu qabih terrorchilik xurujlarini keskin qoralaydi hamda bu tahdidga qarshi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun afg‘on xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo’lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.

Qayg‘u ila,

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatining Lashkargoh shahrida 22-iyunda portlash yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda