Daryo

Afg‘oniston janubida uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 34 kishiga yetdi

Oldinroq 29 qurbon haqida ma’lumot berilgan edi

1 daqiqa o‘qish14 870 ko‘rishlar0 izoh0

Afg‘oniston janubida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 34 kishini tashkil qildi. Bu haqda, ToloNews telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Oldinroq 29 qurbon haqida ma’lumot berilgan edi.

Hilmand shahrining ma’muriy markazi — Lashkargoh shahrida “Kobul yangi banki” filiali binosi yaqinida minalashtirilgan avtomobil havoga uchirildi. Mahalliy aholi vakillari maosh olish uchun bank oldida navbatga turgan payti portlash amalga oshirildi.

Hozircha biror ekstremistik guruh terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar