19-iyun kuni Fransiya poytaxti Parijda, Yelisey maydonida huquq-tartibot idoralari xodimiga hujum qilgan terrorchining qarindoshlari hisbdan qo‘yib yuborildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, terrorchi Adam Jaziriyning otasi, sobiq rafiqasi, ukasi va ukasining rafiqasi hibsda ushlab turilgan edi. Ular 21-iyun kuni qo‘yib yuborildi.
Terrorchining qarindoshlari Parijdan janubroqdagi Eson departamentida, Plese-Pate shahrida shaxsiy uylarida ushlangan edi.
19-iyun kuni o‘z mashinasi bilan politsiya avtobusiga urildi. Bir muddatdan so‘ng uning halok bo‘lgani, shuningdek, ilgariroq IShIDga qasamyod qilgani aniqlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)