Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston rahbariyati Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni soat 10:20 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Aytekebi tumani Qorabutak posyolkasidan 20 kilometr masofada “Samara—Chimkent” avtomobil yo‘lining 946-kilometrida Volgograd (Rossiya) — Chimkent (Qozog‘iston) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan ikki qavatli Mercedes rusumli yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgan edi.

Avtobusda jami 52 kishi — 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 2 nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan. YTH oqibatida 9 kishi (barchasi O‘zbekiston fuqarosi) halok bo‘lgan, 18 kishi jarohat olgan (17 nafari O‘zbekiston fuqarosi, ularning 5 nafari Aqto‘be viloyati Aytekebi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan).

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi jabrlanganlarning ahvoli va ushbu hodisa bilan bog‘liq boshqa masalalar haqida ma’lumot olish uchun bevosita telefon aloqasi tashkil qilgan. Halok bo‘lganlarning jasadini O‘zbekistonga olib kelish uchun Aqto‘be shahriga maxsus samolyot yuborilgan (samolyot 23-iyunning o‘zidayoq O‘zbekistonga qaytishi kutilmoqda).

“O‘zbekiston rahbariyati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar