O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda 22-iyun kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz o‘zbekistonlikning ro‘yxatini e’lon qildi.

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida, “Samara—Chimkent” yo‘lining 946-kilometrida 22-iyun kuni ikki qavatli Mercedes avtobusining ag‘darilib ketishi sabab 52 kishi, xususan, 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan.

Hodisa oqibatida 9 o‘zbekiston halok bo‘lgan, yana 17 nafar O‘zbekiston fuqarosi turli darajada tan jarohati olgan; jarohatlanganlarning besh nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Qurbonlar ro‘yxatida keltirilganlarning uch nafari Farg‘ona, ikki nafari Namangan, ikki nafari Andijon, bir nafari Surxondaryo, yana biri Jizzax viloyatidan. Ularning eng kattasi 36 yoshda, eng kichigi esa 26 yoshda bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin:

  • Jumayev Toshtemir Ahmadovich, 24.07.1988-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani, “Bandixon” qishloq fuqarolar yig‘ini (QFY), Qizilqaloq ko‘chasi.
  • Ergashev Muzaffar Abubakirovich, 22.04.1991-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani.
  • Qahhorov O‘lmasbek Bo‘ronboyevich, 17.03.1982-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Ko‘tarma» QFY), Kichik Ko‘tarma ko‘chasi.
  • Aliyev Shohruxbek Shavkat o‘g‘li, 22.11.1990-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Andijon viloyati, Bo‘z tumani, “Xovas” QFY, Zavroq ko‘chasi.
  • Mo‘minov Abdurasulxon Parpiyevich, 12.10.1984-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Zarbdor” QFY.
  • Xolboyev Anvarjon Akramjonovich, 30.08.1988-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani, “Qatortol” QFY, Pinaj ko‘chasi.
  • Tursunov Qudratali Rustamaliyevich, 20.06.1981-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Namangan viloyati, Chust tumani, “Sho‘rkent” QFY.
  • Qurbonov Iqboljon Ilhomjonovich, 13.05.1987-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, “Mexnatobod” QFY.
  • Qodirov Zohidjon Zoirovich, 15.04.1982-yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, “Yakkatut” QFY.

Hodisa oqibatida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentida maxsus aloqa telefonlari ochilgan: +7 713-256-29-62. Shuningdek, Aqto‘be viloyati hokimligi tomonidan tuman kasalxonasi qabulxonasi telefon raqami taqdim etilgan: +7 713-392-14-97.