Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yangi haydovchilik guvohnomasining imkoniyatlari haqida videorolik taqdim etdi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Hukumatning oxirgi qarorlaridan biriga ko‘ra mamlakatda yangi “aqlli” haydovchilik guvohnomalari joriy etilmoqda — ular ayni paytda xorijda qo‘llaniladigan ID-kartalar singari o‘zida ma’lumot saqlaydi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Guvohnomalar plastikdan ishlanib, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamini va maxsus elektron belgini (NFC Smart-kart) saqlaydi, bu uskunalar o‘rtasida kontaktsiz axborot almashish imkoniyatini beradi.
Izoh (0)