Polsha seymi (parlamenti) kommunizm va boshqa totalitar tuzum propagandasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunga kiritilishi taklif qilingan o‘zgartishlarni ma’qulladi. O‘zgartishlar binolar va obyektlarga taalluqlidir, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Hujjat totalitar tuzumlarni targ‘ib qiluvchi yoki ularni yoqlovchi yodgorliklarning buzib tashlanishini ko‘zda tutadi. Ular qatorida Qizil armiyaga bag‘ishlangan yodgorliklar bor.
Qonunni 408 deputat ma’qulladi, yetti kishi qarshi chiqdi, 15 kishi ovoz berishdan tiyildi.
Qonun qabristonlarda joylashgan va ommaviy joylarda o‘rnatilmagan yodgorliklarga taalluqli emas.
Izoh (0)