Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Istanbuldagi Ayo Sofiya muzeyida Qur’on o‘qilishi va ibodat qilinishini qoraladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz Turkiya din ishlari idorasi boshlig‘i ishtirokida Ayo Sofiyada Qur’on o‘qilishi va ibodat qilinishini qoralaymiz. Bu Turkiya davlat televideniyesi orqali translyatsiya qilindi”, — deyiladi bayonotda.
Ayo Sofiya Vizantiya imperiyasi davrida qurilgan bo‘lib, dastlab xristian sobori vazifasini bajargan. 1453-yili Istanbul Usmonlilar qo‘liga o‘tgach, u masjidga aylantirilgan, 1935-yildan esa muzey hisoblanadi. 1985-yili Ayo Sofiya YuNЕSKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh (0)