Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Misr konstitutsion sudi 21-iyun, chorshanba kuni Qizil dengizdagi ikkita aholi yashamaydigan orolning Saudiya Arabistoniga o‘tishiga taalluqli sud qarorini vaqtincha harakatdan to‘xtatdi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Sud bayonotida qayd etilishicha, sud qarorlarining ijrosi ularning konstitutsiyaga muvofiq ekanligi tekshirilguniga qadar to‘xtatilgan.

O‘tgan haftada Misr parlamenti Saudiya Arabistoniga ikkita orol — Tiran va Sanafirni berish haqidagi Ar-Riyod bilan kelishuvni ma’qullagan.

Joriy yilning yanvar oyida Misr Oliy sudi bu hududlarni Saudiya Arabistoniga berish haqidagi hukumat tomonidan taklif qilingan loyihani rad etgan.

Avvalroq misr hukumati orollar 1950-yildagina Misr nazorati ostiga o‘tganini va ularning Saudiya Arabistoni tasarrufiga o‘tkazilishi haqidagi kelishuv Misr uchun iqtisodiy foyda keltirishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi