Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi sardori Timur Kapadze “Championat.asia” nashriga intervyu berib, o‘zbek futbolidagi bir qator og‘riqli nuqtalar haqida gapirib o‘tgandi.
Bunda Kapadze “Buxoro” klubining yechinish xonasi haqida to‘xtalib, oddiygina konditsioner yo‘qligini aytgan, futbolchilar kiyim almashtirish vaqtida dimiqib qolganini ta’kidlagandi.
Intervyu e’lon qilingan kunning ertasiga “Buxoro” futbol klubi yechinish xonasiga konditsioner o‘rnatilgani borasida xabar paydo bo‘ldi. Bunga Kapadzening fikrlari turtki bo‘ldimi yoki boshqa narsa — ma’lumot berilmagan.
Timur Kapadzening shov-shuvlarga sabab bo‘lgan intervyusini shu havolada tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)