• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12646.56
    • RUB160.88
    • EUR14461.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tashkil etiladi

    20-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda keltirildi.

    Foto: Global Folio

    Foto: Global Folio

    Hujjatga ko‘ra, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligining Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

    Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

    milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakat tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasi – reyestrini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shuningdek, ana shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini O‘zbekistonga olib kelish, tegishli ilmiy markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, erishilgan natijalarni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;

    faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, turli anjumanlar, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etish;

    chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni mamlakatga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish, bu borada xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish;

    madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umume’tirof etilgan normalarni milliy qonunchilik nuqtai nazaridan atroflicha o‘rganish;

    O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, global internet tarmog‘ida keng yoritish, ular haqidagi bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etib borish;

    to‘plangan materiallarni mamlakat va jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritish.

    Bundan tashqari, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Uning asosiy vazifalari:

    Markaz tomonidan mamlakat tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;

    Markazning yillik faoliyat rejasini tasdiqlash va uning amalga oshirilishi uchun ko‘maklashish, shuningdek, zaruratdan kelib chiqqan holda, markazga yuklangan asosiy vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, markazning taklifiga asosan uning mutaxassislari va boshqa tashkilotlardan markazga jalb qilinadigan ekspertlarni xorijiy davlatlarga safarlarga jo‘natish ishlarini muvofiqlashtirish;

    har chorak yakuni bo‘yicha markaz hisobotlarini eshitish, uning faoliyati samarasi va natijadorligini baholash;

    mamlakat tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va bu borada zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

    Markaz quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:

    Markazni saqlab turish xarajatlari, shuningdek, 2017-yilda markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari;

    davlat buyurtmasi asosida ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grant mablag‘lari;

    Markaz mutaxassislari va boshqa tashkilotlardan unga jalb qilinadigan ekspertlarni xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga yuborish va chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ni jalb etish xarajatlari va Markaz faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

    20.06.2017, 21:43   Izoh (0)   8470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirziyoyevning Hayit to‘g‘risidagi qarori, oliy ta’limning yangi rahbari, Rossiyaga “qochib ketgan” Samvel Babayan va kunning boshqa muhim xabarlari

    20.06.2017, 20:29

    Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomov televideniyeda efirga chiqadi

    20.06.2017, 19:12

    Mirshod Qurbonov Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

    20.06.2017, 19:09

    Inom Majidov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlandi

    20.06.2017, 18:53

    Rustam Qosimov Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlandi

    20.06.2017, 18:46

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti 26-iyunda nishonlanadi

    20.06.2017, 18:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    MNP bu nima?

    O‘zbekiston | 12 iyun, 18:00

    Meros haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkinmas: Farzandlarini bir tiyinsiz qoldirgan mashhurlar

    Kino | 12 iyun, 17:55

    O‘zbekistonlik va puerto-rikolik AQSHda nikohdagi firibgarlik uchun hibsga olindi

    Dunyo | 12 iyun, 17:40

    Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortidagi barcha 242 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 12 iyun, 17:29

    Aqlbovar qilmas daromad keltiruvchi “Garri Potter”: Joan Rouling milliarderlik maqomini qanday qaytarib oldi?

    Kitob | 12 iyun, 17:25

    “Yevropa kompaniyalarining O‘zbekiston energetika sohasiga qiziqishi yuqori, ammo raqobat kuchayib bormoqda” — EUROUZ bosh kotibi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 17:10

    FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

    Sport | 12 iyun, 17:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.