AdMe nashri Yer sayyorasida sodir bo‘ladigan g‘aroyib, ishonish qiyin bo‘lgan tabiat hodisalarining suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Namibiyadagi “Sehrli doiralar”
Tadqiqotchilarning taxminicha, ushbu doiralarni qum termitlari hosil qilgan bo‘lishi mumkin.Devlar yo‘li
Shimoliy Irlandiyadagi qadimiy vulqonning otilishi 40 mingdan ortiq bir-biriga jipslashgan ustunlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.Katatumbo chaqmoqlari
Suv ustidagi chaqmoq yiliga 140—160 kun, bir kechada 10 soat, soatiga 280 martagacha sodir bo‘ladi.Rojdestvo orolidagi qizil qisqichbaqalar
Har yili 43 millionga yaqin qisqichbaqalar tuxum qo‘yish uchun okean qirg‘og‘iga chiqadi. Mahalliy hukumat ularning migratsiyasiga xalaqit bermaslik maqsadida bir haftaga orolning ko‘plab yo‘llarini yopib qo‘yadi.Dog‘ ko‘l
Kanadaning Kliluk ko‘lida magniy sulfat, kalsiy va natriyning dunyodagi eng katta zaxirasi.Turkmanistondagi “Do‘zax darvozasi”
1971-yilda gaz shaxtasida sodir bo‘lgan yong‘in hamon o‘chgani yo‘q.Yonuvchan muz pufakchalari
Kanadadagi Ibrohim ko‘lida muz tuzog‘iga tushgan metan pufakchalari.Muzlatilgan gullar
Havo haroratining birdaniga -22 daraja Selsiya tushib ketishi natijasida sokin dengiz va ko‘llarning ustida shu kabi ajoyib shakllar paydo bo‘ladi.O‘lim vodiysining harakatlanuvchi toshlari
Amerikadagi ushbu odam qadami yetmas vodiyda qoya parchalari o‘zidan uzun iz qoldirib harakatlanishi kuzatiladi.Ruhoniy kapalaklarning migratsiyasi
Ushbu kapalaklar minglab kilometr yo‘l bosib Kanadadan AQShning janubiga ko‘chib o‘tadi.Kamalak evkalipt
Evkalipt o‘z po‘stini parcha-parcha shaklda tashlashi natijasida shunday ko‘rinish oladi.Sardinalar yurishi
Maydan iyul oyiga qadar milliardlab sardinalar Janubiy Afrika sohillari bo‘ylab shimolga yo‘l oladi.
Izoh (0)