Yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Toshkent kichik halqa yo‘liga kirish transport harakati uchun vaqtinchalik yopildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilishicha, 18-iyundan 10-iyulga qadar 12, 26, 37, 68, 81, 93 va 127-avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgartiriladi.
Avtobuslar yopiq uchastkadan Sariko‘l, Mehrjon va Ko‘shko‘prik ko‘chalari orqali o‘tadi.