Ispaniyaning “Serranos” klubi bosh murabbiyi kutilmaganda ishdan olindi. Valensiya shahriga qarashli bo‘lgan bolalar futbol klubi raqibini 25:0 hisobida taslim qilgani, jamoa rahbariyatiga yoqmagan.
El Pais nashri bunda klub bosh murabbiyi nomini oshkor qilmagan. Aniqlik kiritilishicha, 25 ta gol farqi bilan qozonilgan g‘alaba 11 yoshli futbolchilar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, mag‘lub tomonning esa futbolga bo‘lgan mehri va shashtiga ta’sir qiladi.
“Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz va ularni bu qadar yirik hisobda mag‘lub etishni istamaymiz. Murabbiyga faqatgina natija kerak bo‘lgani ko‘rinib turibdi. Shu boisdan biz u bilan xayrlashishga qaror qildik”, — deb aytib o‘tgan “Serranos” klubi rahbari.
Ishidan ayrilgan murabbiy esa shogirdlariga iloji boricha ko‘proq gol urish kerakligi borasida ko‘rsatma bermaganini qayd etgan.
Mag‘lub bo‘lgan “Benikalap” klubi mavsumni so‘nggi o‘rinda yakunlagan. Jamoa 30 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan 247 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Izoh (0)