Dunyoning boy va mashhur odamlari ham ba’zida metrodan foydalanadi va xalqqa ko‘proq yaqinlashadi. Ularning yer osti jamoat transportidan foydalanishi sabablari turli-tuman. Bu ulardan ba’zilari uchun odatiy hol, boshqalari uchun navbatdagi piar, yana boshqasi uchun esa uzundan-uzoq tirbandlikdan qutulishning yagona yo‘li.
“Fotoshedevri” osmondan yerga, aniqrog‘i yer ostiga tushgan ana shunday yulduzlar suratlari jamlanmasini taqdim etdi.
Arnold Shvarsenegger mamnuniyat bilan Moskva metrosidan foydalandi.
Tirbandliklar Nikolay Baskovni ham metrodan foydalanishga majbur qildi.
Evelina Bledans metroda ham vaqtini behuda sarflamaydi.
Anastasiya Volochkova metroning noyob mehmonlaridan biri
Jeyk Jillenxol Nyu-York metrosini eng yaxshi transport vositasi deb hisoblaydi.
Bredli Kuper poyezdini kutmoqda
Afsonaviy Merilin Monroni ham metroda uchratishgan.
Kianu Rivz metropolitenning doimiy yo‘lovchisi. U doim ayollar va qariyalarga joy berishi haqida mish-mishlar tarqalgan.
Sara Jessika Parker turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan metroda xotirjam ketmoqda.
Meril Strip ham avval metroni xush ko‘rgan.
Xyu Jekman Nyu-Yorkning bir hududidan boshqasiga tezroq yetib olishning boshqa usulini bilmaydi.
Kim Kardashyan metroga tushgan zahoti Instagram’dagi akkaunti uchun yangi suratlar olmoqda.
Jessika Alba esa metropolitenda o‘zini juda tabiiy tutadi.
Madonnani metroda uchratish juda oson. Axir qo‘shiqchi shu usul yordamida piar qilishni xush ko‘radi.
Bu chiroyli ayol Rianna ekanligini anglash uchun mohir izquvar bo‘lish shart emas.
Oliviya Uayld esa bu yerga qanday tushib qolganini tushunmayotgan ko‘rinadi.
Izoh (0)