Yashnobod tumanida tovlamachilk holati aniqlandi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti.
Xabarda ma’lum qilinishicha, 2017-yilning 13-iyun kuni taxminan soat 15:30 larda, Sunnatilla Qobilov, tovlamachilik yo‘li bilan mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan “Aviasozlar” dehqon bozorida bo‘la turib, o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, jabrlanuvchini mulkiy manfaatlar berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yib, fuqaro Shermatov Xasandan bir necha marotaba turli miqdordagi chet el valyutasini olib kelgan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qobilov jabrlanuvchidan navbatdagi 200 AQSh dollari miqdordagi pul mablag‘ini Yakkasaroy tumani hududida olayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik, ya’ni o‘zgadan mulkni berishni talab qilish, jabrlanuvchini o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Qobilovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)