Turkiyaning asosiy muxolif siyosiy tashkiloti — Xalq-respublikachi partiyasidan saylangan deputat Enis Berbero‘g‘li davlat sirini oshkor qilishda ayblanib 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Berbero‘g‘li Suriyaga ketayotgan Milliy razvedka tashkiloti yuk mashinalarining tintuv qilinishi bilan bog‘liq ishga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Ushbu voqea 2014-yil yanvarida Adana viloyatida ro‘y bergan edi. Razvedka tashkilotining Suriyaga ketayotgan yuk mashinalari tintuv qilinganida, ulardan ko‘p miqdorda qurol-aslaha topilgan edi.
Izoh (0)