KXDR qurolli kuchlari xizmatchisi Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi. Bu haqda, “Ryonxap” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ayni paytda askar so‘roq qilinmoqda.
KXDRning harbiy xizmatchining oxirgi marta Janubga qochib o‘tishi o‘tgan yilning sentabrida kuzatilgan edi.
Voqeaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)