Professional faoliyatida davomida o‘tkazgan barcha janglarida zafar quchgan Floyd Meyvezer shu yilning 26-avgust kuni Konor Makgregorga qarshi ringga chiqishi mumkin. Bu haqda afsonaviy bokschi Mayk Taysonning Facebook’dagi sahifasida ma’lumot berildi.
Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘zaro jang borasida kelishib oldi va ular avgustning 26-sanasida yuzma-yuz to‘qnash keladi, deyilgan sahifada.
Ikki jangchining o‘zaro to‘qnashuvi bir yildan buyon katta muhokamalarga sabab bo‘layotgandi. Biroq ikki tomonning o‘zaro manfaatli kelishuvi amalga oshishi vaqt talab qildi. Bu cho‘zilish jangga bo‘lgan qiziqishni orttirish, buning ortidan esa teletranslyatsiya huquqini sotishdan katta foyda ko‘rishga xizmat qilardi.
Jangning qayerda o‘tishi va uning shartlari, bokschilar undan ishlab oladigan mablag‘ borasida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)