Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon at-Taniy amirlikning do‘stlari va ittifoqdoshlari qatorida Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniyani tilga olib o‘tdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Parijdagi chiqishi chog‘ida tashqi ishlar vaziri do‘st davlatlar bo‘ylab turne uni, Fransiya poytaxtidan tashqari, London va Berlinga olib kelganini tasdiqladi.
At-Taniy Qatar “HAMAS” va “Musulmon birodarlar” radikal tashkilotlarini moliyalashtirgani borasidagi ayblovlarni qat’iyan inkor qildi hamda Yevropa davlatlarining Qatarga qarshi sanksiyalarni bekor qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini olqishladi.
Izoh (0)