Rejissor Aleks Kurtsmanning bosh rolda Tom Kruz ishtirokidagi “Mumiyo” (The Mummy) filmining tijorat yutug‘i aksariyat gollivudlik tanqidchilar uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Bir haftadan kam vaqt ichida kartina dunyo prokatida 174 million dollar daromad keltirdi, deb yozadi “TASS”.
Amerikalik tanqidchilarning aksariyati filmga moliyaviy inqirozni bashorat qilib, u 130 million dollardan ortiq mablag‘ keltirmasligini ma’lum qilgan edi.
Haqiqatdan ham kartina AQSh bozorida 32,24 million dollar to‘pladi, bu esa Tom Kruz ishtirokidagi film uchun ancha past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Biroq film Shimoliy Amerika chegarasidan tashqarida yirik mablag‘ to‘pladi. “Mumiyo” 63 ta mamlakatning 40 mingta kinoteatrida namoyish etilmoqda. AQSh va Kanadani hisobga olganda film hozirda 44 ming kinoteatrda namoyish etilmoqda.
“Mumiyo” 41 ta mamlakat prokatida birinchi o‘rinni egalladi. Xitoyda premyera haftasi 52,2 million dollar, Janubiy Koreyada 17,8 million dollar, Rossiyada 7,6 million dollar, Meksikada 5,1 million dollar, Buyuk Britaniyada 4,4 million dollar mablag‘ yig‘di.
Izoh (0)