“Taxtlar o‘yini” seriali mualliflari yettinchi mavsumga tayyorgarlik jarayonida suratga olish maydonidagi yonayotgan odamlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi. Bu haqda Entertainment Weekly xabar bermoqda.
“Olishuv sahnalaridan birida shuncha kaskadyorni yoqib yubordikki, hali hech kim bunga qo‘l urmagan”, — deb maqtandi prodyuser va loyiha ssenariynavisi Devid Benioff.
Kaskadyorlar kuratori Rouli Erlemga ko‘ra, maydonda bir paytning o‘zida 20 kishi yongan. Sahnada esa jami 73 kishi yoqib yuborilgan. Serial syujeti bo‘yicha kishilarga olov purkovchi ajdarlar hujum qiladi.
Jami 7 seriyadan iborat yangi mavsum premyerasi 16-iyul kuni HBO telekanalida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)