Rossiyaning Suriyadagi harbiy guruhi qo‘mondoni general-polkovnik Sergey Surovikin AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiyani terrorga qarshi kurashish o‘rniga IShID jangarilari bilan til biriktirayotganlikda aybladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yuzlab va minglab begunoh suriyaliklarning o‘limida aybdor terrorchilarni yo‘q qilish o‘rniga AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya o‘z nazorati ostidagi ‘Demokratik kuchlari ittifoqi’ bilan birgalikda IShID yetakchilari bilan til biriktirmoqda. Terrorchilar ularga o‘z hududlarini jangsiz topshirib, evaziga Suriya hukumat kuchlari jang qilayotgan hududga qo‘yib yuborilmoqda”, — dedi Rossiya vakili.
Surovikinning so‘zlariga qaraganda, Rossiya harbiylari Rakkada jangarilar hech qanday to‘sqinliksiz shahar va uning atrofini tark etayotganini kuzatmoqda.
“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyining boshida IShID terrorchilari, kurd qurolli otryadlari rahbarlari bilan kelishib olib, qarshiliksiz at-Tadya, al-Hammam punktlarini tashlab, Palmira tomonga yo‘l olgan”, — qo‘shimcha qildi harbiy amaldor.
Izoh (0)