“Cho‘qintirilgan ota” muxlislar fikriga ko‘ra barcha zamonlar va xalqlarning eng yaxshi filmi deb topildi. Reyting Britaniyaning nufuzli Empire jurnali o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra tuzildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
1972-yilgi kinokartina rejissor Frensis Ford Koppola tomonidan olingan mashhur trilogiyaning birinchi qismidir. U Mario Pyuzoning shu nomli romani motivlari bo‘yicha olingan.
Ikkinchi o‘rinni Irvin Keshnerning “Yulduzli janglar: 5-qism — imreriya javob zarba beradi” filmi egalladi. Uchlikka Kristofer Nolanning “Qora ritsar” filmi yakun yasadi.
Birinchi o‘nlikka, shuningdek, “Shoushenkdan qochish”, “Jinoiy o‘qishlar”, “Indiana Jons: Yo‘qotilgan Nuh kemasini qidirib”, “Uzuklar hukmdori: Uzuk birodarligi” singari filmlar kirdi.
Izoh (0)