Ispaniya vazirlar mahkamasi Londondagi terakt chog‘ida halok bo‘lgan mamlakat fuqarosini o‘limidan so‘ng Fuqarolik xizmatlari uchun katta xoch ordeni bilan mukofotlashga qaror qildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
39 yoshli bank xodimi Ignasio Echeverria hujumchilardan o‘zini skeytbord yordamida himoya qilishga uringan edi. Ammo u yiqilganidan so‘ng terrorchilar uni o‘ldirgan.
Muqaddam bank xodimiga Britaniya politsiyasining o‘qi tekkani bois u halok bo‘lgani haqidagi gaplar matbuotda tarqalgan edi. Ammo London politsiyasi bu ayblovlarni inkor qildi.
Izoh (0)