Skotlend-Yard Londondagi terakt chog‘ida halok bo‘lgan ispaniyalik Ignasio Echeberria politsiya o‘qlarining qurboniga aylanganini inkor qildi. Bu haqda, EFE agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda va Ispaniya matbuotida bu kabi taxminlar bildirilgan edi. O‘z navbatida, Skotlend-Yard vakillari biror kishi politsiya tomonidan otib o‘ldirilganini tan olishdan bosh tortdi.
Politsiya bayonotida aytilishicha, chet ellik bir kishi otishma chog‘ida jabrlangan, ammo uning yaralari tibbiyot xodimlari tomonidan jiddiy deb topilmagan.