Iroqning al-Musayib shahrida uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 31 kishiga yetdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq 20 kishi halok bo‘lgani va 30 dan ortiq odam yaralangani bildirilgan edi.
Aytilishicha, shahar bozori hududida xudkush ayol o‘zini portlatib yuborgan.
Yaradorlar soni 35 kishini tashkil etmoqda.
Izoh (0)