“Suriya demokratik kuchlari” koalitsiyasining qurolli guruhlari Rakka shahri shimolida terrorchilarning himoya marralarini yorib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Koalitsiya tarkibiga kiruvchi arab-kurd otryadlari besh kun mobaynida jabhada IShID ekstremistik guruhi jangarilari bilan kurash olib bordi.
Ular terrorchilarning himoyasini yorib o‘tib, shahar markaziga o‘tish uchun strategik plasdarmni egallab olishga muvaffaq bo‘ldi.
Terrorchilardan shakar fabrikasi binosi tozalandi. U jangarilarning muhim nuqtalaridan hisoblanardi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.