Janubiy Koreya mamlakat hududida AQShning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimining joylashtirilishini bir yilga ortga surdi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Koreyaga yaqinda olib kelingan to‘rtta THAAD raketa qurilmasi joylashtirilmaydi. O‘rnatib bo‘lingan ikki qurilma o‘z joyida qoladi.
AQSh tizimlarining joylashtirilishi KXDRga qarshi mudofaa bilan tushuntirilgan edi. Ammo bu nafaqat Xitoy, balki Janubiy Koreya fuqarolari tomonidan ham tanqid ostiga olindi. Mahalliy aholining norozilik namoyishlaridan so‘ng hukumat loyihani to‘xtatishga qaror qildi.
Izoh (0)