Pokiston shimoli — g‘arbida Polshaning Geofizyka Krakow neftgaz kompaniyasida ishlovchi va yarim yil avval o‘g‘rilab ketilgan 6 nafar mahalliy xodimi ozod qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Geofiziklar o‘tgan yil noyabr oyi oxirida Dara-Ismoil-Xon shahridan 80 kilometr uzoqda o‘g‘rilab ketilgandi.
Kompaniya xodimlari 5-iyun, dushanbaga o‘tar kechasi topildi va Janubiy Vaziriston viloyati ma’muriy markazi Vana shahriga olib kelindi. Ularning ozod qilinishi tafsilotlari ma’lum emas.