Filippinda IShID bilan bog‘liq jangarilar katolik cherkovi binosini yoqib yubordi. Bu haqda Daily Mail manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Nashr e’lon qilgan videoda terrorchilar Maravidagi cherkovda haykallarni sindirayotgani, Rim papasi Fransisk suratlarini yirtib tashlayotgani, so‘ng binoni yoqib yuborgani aks etgan.
Filippin hukumat kuchlari va “Maut” guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda shu kungacha 120 nafar jangari o‘ldirildi, 38 nafar askar va politsiyachi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte jangarilar bilan muzokaralar olib bormasligini bildirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.