Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun — 6-iyun kuni O‘zbekiston va Tailand milliy terma jamoalari Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘zaro saf tortadi. Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini har ikki tomon uchun JCh—2018 saralashining 8-turi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Tailand termalari bunga qadar yetti bor to‘qnash kelgan. Statistikadagi ustunlik taylar foydasiga: ular 5 ta uchrashuvda zafar quchgan va 2 tasida imkoniyatni boy bergan.

Toshkent shahriga Tailand faqatgina bir marta — 2003-yil Osiyo kubogining saralashi doirasida tashrif buyurgan va 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. O‘zaro uchrashuvlarning so‘nggisi 2007-yil Tailand Qirol kubogi doirasida o‘tib, taylar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozongan.

O‘zaro o‘yinlar

1994-yil, 7-oktabr. O‘zbekiston — Tailand 5:41999-yil, 24-iyul. Tailand — O‘zbekiston 1:02000-yil, 18-may. Tailand — O‘zbekiston 2:02000-yil, 3-sentabr. Tailand — O‘zbekiston 4:22003-yil, 8-noyabr. O‘zbekiston — Tailand 3:02003-yil, 21-noyabr. Tailand — O‘zbekiston 4:12007-yil, 22-dekabr. Tailand — O‘zbekiston 3:22017-yil, 6-iyun. O‘zbekiston — Tailand ?

O‘zbekiston terma jamoasi 12-iyun kuni Tehronda Eronga qarshi maydonga tushadi. “Ozodi” stadionidagi o‘yingacha forslar Podgoritsada Chernogoriya bilan o‘ynab, 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi